Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

KON SANOATI HUDUDLARIDA EKOLOGIK INDIKATORLARNING INFORMATIVLIGINI INTEGRAL BAHOLASH VA OPTIMAL INDIKATORLAR TO'PLAMINI SHAKLLANTIRISH

T. NurmukhamedovToshkent davlat transport universitetiMirzaakbar Khakkulmirzayevich HudayberdiyevLola Abdukadirovna KhalmedovaAssistant, Toshkent davlat transport universiteti
2026
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada kon sanoati hududlarining ekologik holatini baholashda foydalaniladigan ekologik indikatorlarning informativlik darajasini aniqlash va ularning optimal to‘plamini shakllantirish masalasi tadqiq etilgan. Ko‘p sonli ekologik indikatorlardan foydalanish ma’lumotlar fazosining o‘lchamini oshirib, ortiqcha va o‘zaro bog‘langan atributlarning paydo bo‘lishiga hamda intellektual tahlil algoritmlarining hisoblash murakkabligiga olib kelishi mumkin. Mazkur muammoni hal qilish uchun indikatorlarning variativligi, ajratuvchanligi va boshqa indikatorlardan mustaqilligi asosida integral informativlik modeli taklif etilgan. Tadqiqotda real ekologik monitoring ma’lumotlari asosida 13 ta indikator va 255 ta to‘liq kuzatuvdan foydalanildi. Dastlab ma’lumotlar Min-Max usulida normallashtirildi, klasterlar soni silhouette mezoni yordamida aniqlandi va har bir indikator uchun variativlik, klasterlararo ajratuvchanlik hamda Pearson korrelyatsiyasi asosidagi mustaqillik mezonlari hisoblandi. Uchta mezon teng vaznlar asosida yagona integral informativlik ko‘rsatkichiga birlashtirildi. Eksperimental natijalarga ko‘ra, organik modda (OM) eng yuqori integral informativlikka ega indikator sifatida aniqlandi , undan keyingi o‘rinlarni pH , qCO₂ , tuproq namligi - SM va bazal nafas olish - Respiration(CO₂) egalladi. Belgilangan tanlash chegarasida beshta indikator optimal to‘plam sifatida ajratildi. Natijalar taklif etilgan model ekologik monitoring tizimlarida indikatorlar sonini kamaytirish, informativ ma’lumotlar fazosini shakllantirish va keyingi intellektual tahlil bosqichlarini takomillashtirish uchun samarali asos bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba