«Ta'limda innovatsiyalar, investitsiyalar va intellektual salohiyat: muammolar, tahlillar va istiqbollar» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari to'plami
Annotatsiya
Mazkur to‘plamga 2026-yil 16-sentabr kuni Navoiy viloyati Pedagogik mahorat markazida o‘tkazilgan «Ta’limda innovatsiyalar, investitsiyalar va intellektual salohiyat: muammolar, tahlillar va istiqbollar» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari kiritilgan. To‘plamda olimlar, pedagoglar, tadqiqotchilar va amaliyotchilarning ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalar, intellektual salohiyat va inson kapitalini rivojlantirish, fanlarni o‘qitish metodikasi, raqamli ta’lim va sun’iy intellekt, shuningdek, xalqaro hamkorlik asosida ta’lim sifatini oshirishga oid tezislari jamlangan. Anjuman sho‘balari:1-sho‘ba. Ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalar va pedagogik tadqiqotlarning zamonaviy tendensiyalari.2-sho‘ba. Intellektual salohiyatni rivojlantirish va inson kapitalini shakllantirishning dolzarb masalalari.3-sho‘ba. Fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish va kompetensiyaviy yondashuv.4-sho‘ba. Raqamli ta’lim, sun’iy intellekt va AKTni ta’lim jarayoniga integratsiyalash.5-sho‘ba. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar, xorijiy tillar hamda xalqaro hamkorlik asosida ta’lim sifatini oshirish. To‘plam pedagoglar, ta’lim muassasalari rahbarlari, tadqiqotchilar va magistrantlar uchun mo‘ljallangan.