JIZZAX VILOYATINING IJTIMOIY-IQTISODIY SALOHIYATI ASOSIDA TURIZM KLASTERINI SHAKLLANTIRISH IMKONIYATLARI
Annotatsiya
Ushbu tezisda Jizzax viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati va uni turizm klasterini shakllantirishga yo‘naltirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Viloyatning 2019–2025-yillardagi asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari — yalpi hududiy mahsulot, sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsuloti, asosiy kapitalga investitsiyalar hamda xizmatlar sohasi hajmi — dinamik tahlil qilinib, ularning o‘sish sur’atlari qiyoslangan. Tahlil natijasida xizmatlar va sanoat sohalarining qishloq xo‘jaligiga nisbatan yuqori o‘sish sur’ati aniqlanib, bu viloyat iqtisodiyotining xizmat ko‘rsatish, jumladan turizm sohasi tomon diversifikatsiyalanish tendensiyasini tasdiqlashi asoslab berilgan. Tezis yakunida hududda turizm klasterini shakllantirish bo‘yicha amaliy takliflar keltirilgan.
Hali tarjima qilinmagan