KICHIK MAKTAB YOSHIDA MANTIQIY TAFAKKURINING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlari yoritilgan. Unda maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalar tafakkurining o'ziga xos jihatlari, amaliy tafakkurdan mantiqiy va tushunchaviy tafakkurga o'tish jarayoni tahlil qilingan. L.S. Vigotskiy, P.Ya. Galperin, A.A. Lyublinskaya, L.F. Tixomirova va L.A. Karpenko kabi olimlarning tafakkur rivojlanishiga oid ilmiy qarashlari asosida mantiqiy tafakkurning shakllanish mexanizmlari ochib berilgan. Shuningdek, kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda taqqoslash, tizimlashtirish, umumlashtirish, hukm yuritish va xulosa chiqarish kabi mantiqiy operatsiyalarning rivojlanish xususiyatlari aniqlangan. Tadqiqot natijalari boshlang'ich ta'lim jarayonida o'quvchilarning mantiqiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishga yo'naltirilgan metodik yondashuvlarni takomillashtirish uchun nazariy asos bo'lib xizmat qiladi.