Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

QORASON MAYDONINING TEKTONIK TUZILISHI VA JANUBIY HISOR GEOLOGIK STRUKTURAVIY TIZIMIDAGI O'RNI

2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

O‘zbekistonning janubiy hududlari, xususan Janubiy Hisor strukturaviy tizimi, geologik jihatdan murakkab va metallogenik salohiyati yuqori bo‘lgan maydonlar sirasiga kiradi. Ushbu zonada joylashgan Qorason ma’danli maydoni o‘zining tarkibida paleozoy davrining vulkanogen, effuziv va subvulkanik jinslarini jamlagan bo‘lib, ularning tektonik joylashuvi, strukturaviy-bosqichli rivojlanishi va yoriq zonalari bilan bog‘liq geologik sharoitlar chuqur tahlil etishni talab qiladi. So‘nggi yillarda Janubiy Hisor zonasi doirasida olib borilayotgan tadqiqotlar, ayniqsa paleovulqonlar va ularning metallogenik ixtisoslashuvi bilan bog‘liq izlanishlar ushbu maydonning chuqurroq o‘rganilishini dolzarb masalaga aylantirmoqda [1–3][6]. Qorason maydoni tektonik zonalanish jihatidan Hisor-Turkiston burmali sistemasi tarkibida joylashgan bo‘lib, bu yerda yirik yoriq strukturalari, intruziv kontakt zonalari va ularning gidrotermal jarayonlar bilan bog‘liqligi aniqlangan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba