Tarmoq xavfsizligida innovatsion yondashuvlar
Annotatsiya
Mazkur maqolada zamonaviy kompyuter tarmoqlarida xavfsizlikni ta’minlashning innovatsion yondashuvlari kompleks ravishda tahlil qilinadi. Raqamli transformatsiya, bulutli texnologiyalar va IoT qurilmalarining keng joriy etilishi natijasida kiberxavfsizlik tahdidlari murakkablashib bormoqda. An’anaviy himoya vositalari, xususan signatura asosidagi tizimlar, yangi avlod hujumlarini aniqlashda yetarli samaradorlik ko‘rsatmayapti. Shu sababli tadqiqotda sun’iy intellekt, mashinaviy o‘rganish, Zero Trust arxitekturasi va ma’lumotga asoslangan tahlil yondashuvlarining tarmoq xavfsizligidagi qo‘llanilishi yoritildi. Amaliy qismda OpenML orqali olingan KDDCup99 tarmoq trafigi ma’lumotlari asosida oldindan tasdiqlangan klassifikatsiya algoritmi bo‘lgan Random Forest modeli qo‘llanildi. Ma’lumotlar “normal” va “hujum” sinflariga ajratilib, sonli bo‘lmagan atributlar kodlandi hamda o‘qitish/test bo‘linishi amalga oshirildi. Model samaradorligi Accuracy, Precision, Recall va F1-score ko‘rsatkichlari orqali baholandi hamda Confusion Matrix yordamida xatoliklar tahlil qilindi. Natijalar Random Forest yondashuvi tarmoq hujumlarini aniqlashda yuqori aniqlik ko‘rsatishini tasdiqladi. Shuningdek, feature importance orqali tarmoqqa xos muhim atributlar ajratib olindi. Olingan xulosalar innovatsion, ma’lumotga asoslangan himoya mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beradi.