Jorj Oruellning "1984" asarida emotsional nutqning roli
2026uz
ABI
Annotatsiya
Ushbu maqolada Jorj Oruellning "1984" romanida emotsional nutqning personajlar xarakterini ochib berish, ularning jamiyatga qarshiligini va mafkuraviy nazoratni aks ettirishdagi roli tahlil qilinadi. Tanlangan epizodlarning sinchkov tahlili takrorlar, qisqa jumlalar, ichki tuyg'ularini ifodalagan izhorlar va majburlash ta'siridagi iltijolarning asardagi emotsional rivojlanishni yozuvchi qay tarzda shakllantirganini yoritadi. Qahramonlar nutqidagi parchalarni Karim Bahriyevning o'zbekcha tarjimasi bilan qiyoslash emotsional ta'sirchanlikni saqlashda voqeaviy kontekst va shaxslararo munosabatlarni hisobga olish zarurligini ko'rsatadi.
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba