Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

1920-YILLARNING IKKINCHI YARMIDA SOVET AGRAR SIYOSATINING QATAG'ONCHI MOHIYATI: MUSODARA VA TAQSIMOT (HOZIRGI QUVASOY HUDUDI MISOLIDA)

Karimov SarvarFarg'ona davlat universiteti tayanch doktoranti
2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada 1920-yillarning ikkinchi yarmida (1925–1929-yillar) Farg'ona vodiysida, xususan, hozirgi Quvasoy shahri va unga yondosh qishloq jamoalari (tarixiy Marg'ilon uezdining Qo'qon-Qishloq va Uchqo'rg'on volostlari) doirasida o'tkazilgan sovet yer-suv islohotining ma'muriy-tashkiliy mexanizmlari, qatag'onchi xarakteri hamda ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari tahlil etilgan. Birlamchi arxiv fondlari materiallaridan foydalangan holda yirik yer egaligi deb topilgan xo'jaliklarni tugatish amaliyoti, yer, ishchi hayvonlar va qishloq xo'jalik inventarlarini musodara qilish ko'lami o'rganilgan. Shuningdek, dehqon xotin-qizlariga yer ajratish natijalari, berilgan yerlarning meliorativ nochorligi, yerlarni yashirish va poraxo'rlik holatlari, ochiq ko'rgazmali sudlar, dehqonlarning noroziliklari hamda 1928–1929-yillardagi ma'muriy surgun va majburiy kolxozlashtirish jarayonlari manbalar asosida yoritilgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba