KICHIK QUVVATLI SHAMOL ENERGETIK TIZIMLARIDA DC-SHINA KUCHLANISHINI ANFIS ASOSIDA INTELLEKTUAL ROSTLASH
Annotatsiya
Ushbu tadqiqot kichik quvvatli shamol energetik tizimida DC-shina kuchlanishini ANFIS asosida boshqarishga bag'ishlangan. Shamol tezligining o'zgarishi generator chiqishidagi quvvat va kuchlanishning beqarorligiga sabab bo'ladi. Mazkur muammoni bartaraf etish uchun shamol turbinasi, o'zgarmas tok generatori, akkumulyator batareyasi va DC-DC o'zgartirgichdan iborat tizim modeli ishlab chiqildi. Boshqaruv tizimida kuchlanishning belgilangan qiymatdan og'ishi hamda uning o'zgarish tezligi asosida ANFIS rostlagichi shakllantirildi. MATLAB/Simulink muhitida o'tkazilgan modellashtirish natijalari ANFIS rostlagichi DC-shina kuchlanishidagi tebranishlarni kamaytirishi va o'tkinchi jarayonni tezlashtirishini ko'rsatdi. Taklif etilgan yondashuv kichik quvvatli avtonom shamol elektr ta'minoti tizimlarining barqaror ishlashini ta'minlashga xizmat qiladi.