Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

RAQAMLI MEDIA RESURSLARINING TALABALARNING AXBOROT SAVODXONLIGI VA TANQIDIY FIKRLASH QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHDAGI SAMARADORLIK INDIKATORLARI

Saida BeknazarovaMuhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiKamilla BeknazarovaMuhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Maqolada raqamli media resurslarining talabalarning axborot savodxonligi va tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdagi samaradorligini baholash masalalari tadqiq etiladi. Raqamli ta'lim platformalari, elektron kutubxonalar, multimedia kontentlari va sun'iy intellekt asosidagi vositalardan foydalanish sharoitida talabalarning axborotni izlash, tanlash, ishonchliligini tekshirish, tahlil qilish va dalillarga asoslangan xulosa chiqarish ko'nikmalarini baholash zarurati asoslanadi. Tadqiqotda axborot savodxonligi va tanqidiy fikrlashni baholash uchun indikatorlar tizimi taklif etilib, manba ishonchliligini aniqlash, axborotni verifikatsiya qilish, taqqoslash, tahlil qilish, dalillash, mustaqil xulosa chiqarish, media savodxonlik va raqamli etikadan foydalanish kabi mezonlar belgilangan. Shuningdek, raqamli media resurslarining ta'limiy samaradorligini kompleks baholash uchun Information Literacy and Critical Thinking Index (ISI) ni qo'llash yondashuvi taklif etiladi. Kalitli so'zlar: raqamli media, raqamli ta'lim, axborot savodxonligi, tanqidiy fikrlash, raqamli resurslar, media savodxonlik, sun'iy intellekt, raqamli kompetensiya, indikatorlar, ta'lim samaradorligi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba