Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

PAST INERSIYALI ELEKTR ENERGETIKA TIZIMLARIDA CHASTOTA OG'ISHI VA RoCoF KO'RSATKICHLARINI BAHOLASH

Kayumov Oybek AchilovichNational University of UzbekistanN.R. KayumovaJizzakh branch of the National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek
2026uz
Ochiq kirishYashil

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ishda invertorli manbalar ulushi η ortib borayotgan elektr energetika tizimlarida chastota og'ishi va chastota o'zgarish tezligi (RoCoF) ko'rsatkichlari va ularni o'lchash usullarining natijaga ta'siri baholangan. Bir hududli va olti shinali tarmoq modellarida η 0 dan 80 % gacha oshganda boshlang'ich RoCoF 0,50 dan 2,50 Hz/s gacha oshishi, chastota nadiri esa 49,34 dan 47,71 Hz gacha pasayishi aniqlangan. 500 ms oynada o'lchangan RoCoF haqiqiy boshlang'ich qiymatni 4–13 % ga, 1 s oyna esa 12–27 % ga kam ko'rsatadi; 100 ms oyna esa 10 mHz o'lchov shovqinida ±9,5 % tarqoqlik beradi. Tarmoqda buzilishga yaqin shinalarda 100 ms oynadagi mahalliy RoCoF inersiya markazi bo'yicha qiymatdan 4,5 martagacha katta bo'lgan.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba