MINTAQA AGLOMERATSIYALARINI SHAKLLANTIRISH BО'YICHA XORIJIY TAJRIBALAR TAHLILI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu tezisda mintaqa aglomeratsiyalarining shakllanishi va rivojlanishi bo‘yicha xorijiy tajribalar tahlil qilinadi. Tadqiqotda aglomeratsiyalarning tarixiy shakllanish bosqichlari, sanoat inqilobi va urbanizatsiya jarayonlarining mintaqa hududiy tuzilmasiga ta’siri yoritiladi. BMT konsepsiyalari doirasida barqaror rivojlanish, inson uchun qulay yashash muhiti yaratish, ekologik va transport muammolarini kamaytirish kabi ustuvor yo‘nalishlar asoslab beriladi. Shuningdek, yirik aglomeratsiyalarda yuzaga keladigan ekologik yomonlashuv, transport tiqilinchlari, mayatnik migratsiyasi, hududlararo notekis rivojlanish kabi muammolar tahlil qilinadi va zamonaviy mintaqasozlikda monosentrik modeldan polisentrik modelga o‘tish tendensiyasi ko‘rsatib beriladi. Xitoydagi megapolislar integratsiyasi, Yevropadagi “Moviy banan” konsepsiyasi, “Katta Parij”, “Katta London”, Niderlandiyadagi “Ring City” kabi modellar misolida aglomeratsiyalarni boshqarish, rejalashtirish va hududiy barqarorlikka erishish mexanizmlari umumlashtiriladi.
Hali tarjima qilinmagan