Davlatlarning xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonalarining huquqiy maqomi
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqolada davlatlarning xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonalarining xalqaro-huquqiy maqomi keng qamrovli tahlil qilinadi. Tadqiqot 1975-yilgi Vena konvensiyasi, 1961-yilgi Diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi va boshqa asosiy xalqaro hujjatlar negizida doimiy vakolatxonalarning huquqiy tabiatini, funksional vakolatlarini, immunitet va imtiyozlar tizimini, akkreditatsiya tartibini hamda shtab-kvartira shartnomalarining huquqiy ahamiyatini qamrab oladi. Shuningdek, doimiy vakolatxonalar faoliyatida yuzaga keladigan amaliy muammolar, 1975-yilgi Vena konvensiyasining kuchga kirmaganligidan kelib chiqadigan huquqiy bo‘shliqlar va ularni xalqaro huquq doirasida hal etish istiqbolli yo‘llari ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari faoliyatining milliy-huquqiy asosiga ham e’tibor qaratiladi.
Hali tarjima qilinmagan