"Raqamli iqtisodiyot sharoitida Wimax texnologiyasining innovatsion imkoniyatlari va rivojlanish istiqbollari"
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu tezisda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida WiMAX (IEEE 802.16) texnologiyasining tutgan o‘rni va uning innovatsion salohiyati tadqiq etiladi. Maqolada an’anaviy simli aloqa infratuzilmasini yotqizish qiyin bo‘lgan hududlarda WiMAX texnologiyasini joriy etishning iqtisodiy samaradorligi va strategik afzalliklari yoritilgan. Shuningdek, ma’lumotlarni katta masofalarga yuqori tezlikda uzatish imkoniyati "Aqlli shahar" kontseptsiyasi va narsalar interneti (IoT) tizimlari bilan o‘zaro bog‘liqlikda tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida texnologiyaning milliy iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirishdagi istiqbollari, kiberxavfsizlik masalalari va tarmoq qamrovini kengaytirish bo‘yicha ilmiy takliflar ilgari surilgan. Xulosa qismida WiMAX texnologiyasining uzoq muddatli rivojlanish tendentsiyalari va uning boshqa simsiz aloqa standartlari bilan integratsiyalashuv imkoniyatlari baholangan.
Hali tarjima qilinmagan