“Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining darsga boʻlgan diqqatini jamlashda musiqiy tanaffuslarning oʻrni”
Annotatsiya
Ushbu maqolada boshlangʻich sinf oʻquvchilarining dars jarayonidagi intellektual va jismoniy charchoqlarini kamaytirish hamda ularning diqqatini jamlashda musiqiy tanaffuslarning (musiqiy daqiqalarning) pedagogik va psixologik ahamiyati yoritilgan. Kichik yoshdagi maktab oʻquvchilarining diqqat barqarorligi va ularning emotsional holatiga musiqaning taʼsiri tahlil qilingan. Maqolada dars oʻrtasida qoʻllaniladigan qisqa muddatli musiqiy va harakatli oʻyinlar oʻquvchilarning fikrlash qobiliyatini qayta tiklashga qanday yordam berishi pedagogik nuqtayi nazardan asoslab berilgan hamda boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Hali tarjima qilinmagan