Ayol qahramonning ichki tajribasini badiiy ifodalash: xotira, sezgi va ruhiy siljish
Gulnoza EgamberdiyevaNamangan davlat universiteti tadqiqotchisi
2026
ABI
Annotatsiya
Maqolada Nodira Ibrohimova hikoyalarida ayol qahramonning ichki tajribasi xotira, sezgi, kutish va ruhiy siljishning o‘zaro bog‘lanishi asosida qanday badiiy ifodalanishi tahlil qilinadi. Tahlil tashqi signalning qahramon idrokida shaxsiy ma’no kasb etishi, xotira yoki assotsiatsiyani faollashtirishi va vaziyatga munosabatni o‘zgartirishi kabi ketma-ket jarayonlarga qaratiladi. Natijada adiba hikoyalarida ichki tajriba “signal – ichki ma’nolanish – qayta baholash – ruhiy siljish” tarzidagi dinamik poetik mexanizm orqali yuzaga chiqishi asoslanadi.
Hali tarjima qilinmagan
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos2 ta foydalanilgan manba