Yashil transformatsiya sharoitida korxonalar innovatsion faolligini belgilovchi omillarning ekonometrik tahlili
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda yashil transformatsiya sharoitida korxonalar innovatsion faolligini shakllantiruvchi asosiy iqtisodiy, texnologik, moliyaviy, institutsional va tashkiliy omillar tizimli ravishda tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi korxonalar innovatsion faolligiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ularning ta’sir yo‘nalishi va nisbiy ahamiyatini baholash hamda yashil innovatsiyalarni rag‘batlantirishning boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda tizimli yondashuv, qiyosiy tahlil, statistik guruhlash, korrelyatsion-regression tahlil va ekonometrik modellashtirish usullaridan foydalanish nazarda tutilgan.
Hali tarjima qilinmagan