Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

IKKI PARALLEL G‘ILDIRAKLI CHARXPALAK QURILMASI YORDAMIDA ELEKTR ENERGIYASI ISHLAB CHIQARISH PARAMETRLARINI TADQIQ ETISH

Hasan KenjaboyevToshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali
2026
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur tezisda past bosimli suv oqimlarining gidravlik energiyasidan foydalanib elektr energiyasi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ikki parallel g‘ildirakli charxpalak qurilmasining konstruktiv va energetik parametrlari tadqiq etilgan. Taklif etilayotgan qurilma ikkita parallel joylashtirilgan suv g‘ildiragi, umumiy aylanish vali, mexanik uzatma va elektr generatoridan tashkil topadi. Qurilmaning ishlash prinsipi suv oqimining potensial va kinetik energiyasini g‘ildiraklarning aylanma mexanik energiyasiga, so‘ngra generator yordamida elektr energiyasiga aylantirishga asoslangan. Hisoblashlarda suv sarfi, bosim balandligi, g‘ildirak diametri, aylanish tezligi va foydali ish koeffitsiyentining ishlab chiqariladigan quvvatga ta’siri aniqlangan. Namunaviy hisoblash natijalariga ko‘ra, suv sarfi 0,08 m³/s va napor 1,2 m bo‘lganda, tizimning umumiy foydali ish koeffitsiyenti 0,60 deb qabul qilinganda, taxminan 565 W elektr quvvat olish imkoniyati mavjudligi aniqlandi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar