ROSA CANINA L. URUG‘LARIDAN OLINA-DIGAN QURUQ EKSTRAKTNING FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
Annotatsiya
Ushbu ishda Rosaceae oilasiga mansub Rosa canina L. o‘simligining farmakologik xususiyatlari va uning urug‘laridan olinadigan quruq ekstraktning biologik potensiali bo‘yicha ilmiy adabiyotlar tahlil qilindi. Rosa canina L. tarkibida fenolik birikmalar, flavonoidlar, karotinoidlar, organik kislotalar, vitaminlar hamda yog‘ kislotalari kabi biologik faol moddalar mavjudligi aniqlangan. Adabiyot ma’lumotlariga ko‘ra, o‘simlik xomashyosi va undan olingan preparatlar antioksidant, yallig‘lanishga qarshi, gepatoprotektor va immunomodulyator faollik namoyon qilishi mumkin. Ayniqsa, urug‘lar tarkibidagi to‘yinmagan yog‘ kislotalari va boshqa lipofil komponentlar ulardan olinadigan ekstraktlarni farmatsevtik nuqtayi nazardan o‘rganish uchun muhim ahamiyatga ega. O‘simlikning biologik faol moddalari miqdori geografik kelib chiqishi, iqlim va tuproq sharoitlari, o‘simlikning rivojlanish bosqichi, xomashyoni yig‘ish vaqti hamda ekstraksiya texnologiyasiga bog‘liq ravishda o‘zgarishi mumkin. Shu sababli O‘zbekiston sharoitida o‘sadigan Rosa canina L. urug‘laridan standartlashtirilgan quruq ekstrakt olish va uning farmakologik xususiyatlarini o‘rganish dolzarb ilmiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.
Hali tarjima qilinmagan