EKOTSIDNI XALQARO JINOYAT SIFATIDA TAN OLISHNING HUQUQIY ISTIQBOLLARI: XALQARO EKOLOGIK HIMOYANING YANGI BOSQICHI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqolada ekotsid tushunchasining mazmuni, uning xalqaro huquqdagi o‘rni va ekotsidni xalqaro jinoyat sifatida tan olish istiqbollari tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda iqlim o‘zgarishi, biologik xilma-xillikning qisqarishi, o‘rmonlarning keng miqyosda yo‘q qilinishi hamda sanoat faoliyati natijasida yuzaga kelayotgan ekologik falokatlar xalqaro hamjamiyatni atrof-muhitni muhofaza qilishning yangi huquqiy mexanizmlarini izlashga undamoqda. Maqolada ekotsidni xalqaro jinoyat sifatida tan olish zarurati, mavjud huquqiy asoslar va xalqaro amaliyotdagi muammolar o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ekotsidni xalqaro jinoyat sifatida e’tirof etish ekologik xavfsizlikni ta’minlash va kelajak avlodlarning manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi. Mazkur maqolaning maqsadi ekotsid tushunchasini ilmiy-huquqiy jihatdan tahlil qilish, uni xalqaro jinoyat sifatida tan olishning afzalliklari va muammolarini aniqlash hamda xalqaro huquq rivojlanishidagi istiqbollarni baholashdan iborat.
Hali tarjima qilinmagan