O‘ZBEK VA INGLIZ PUBLITSISTIK MATNLARIDA “VATAN” KONSEPTINING DISKURSIV XUSUSIYATLARI
Annotatsiya
Mazkur tezisda o‘zbek va ingliz publitsistik matnlarida “Vatan” konseptining diskursiv, pragmatik va lingvomadaniy xususiyatlari qiyosiy o‘rganiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi ommaviy axborot vositalari (OAV) va media matnlari orqali vatanparvarlik g‘oyalarining ifodalanish mexanizmlari, lisoniy vositalarning faollashuvi hamda diskursiv strategiyalarni ochib berishdan iborat. Ishda o‘zbek va ingliz publitsistikasida qo‘llanuvchi leksik-semantik va emotsional-ekspressiv birliklar keng tahlil qilindi. Natijalar o‘zbek publitsistikasida lirik-emotsional va yuqori pafosli uslub ustun kelishini, ingliz media matnlarida esa fuqarolik burchi, institutsional yondashuv va ratsional tahlil yetakchilik qilishini ko‘rsatdi.
Hali tarjima qilinmagan