OZIQ-OVQAT SANOATI KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISH SALOHIYATINI VA SAMARALI BOSHQARISHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Bugungi kunda mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta’minlash, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, ichki bozorni sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar bilan ta’minlashda oziq-ovqat sanoati korxonalarining o‘rni muhim ahamiyat kasb etmoqda. Oziq-ovqat sanoati nafaqat aholining kundalik iste’mol ehtiyojlarini qondiruvchi tarmoq, balki qishloq xo‘jaligi, transport, savdo, logistika va xizmat ko‘rsatish sohalari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan muhim iqtisodiy tizim hisoblanadi. Shu sababli mazkur tarmoq korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlarining barqarorligi va samaradorligini ta’minlash mamlakat iqtisodiyotining umumiy rivojlanishida muhim o‘rin tutadi.
Hali tarjima qilinmagan