Usmon Azim idiostili evolyutsiyasini tadqiq etish bosqichlari
Annotatsiya
Annotatsiya: Ijodkor idiostili badiiy matnda muallifning individual til shaxsini namoyon etuvchi murakkab lingvopoetik hodisa bo‘lib, uning leksik tanlovi, grammatik qurilmalari, sintaktik tashkil etilishi hamda obraz yaratish strategiyalarining yaxlit tizimida namoyon bo‘ladi. Idiostil muallifning alohida til birliklaridan foydalanish xususiyati sifatida emas, balki turli lingvistik sathlarda muntazam takrorlanadigan va statistik jihatdan kuzatiladigan individual uslubiy qonuniyatlar majmuyi sifatida talqin etiladi. Shu sababli idiostilni tadqiq etishda lingvistik kuzatishlarni korpusga asoslangan kvantitativ tahlil usullari bilan uyg‘unlashtirish muallif uslubining obyektiv tavsifini yaratishga yordam beradi. Kalit so‘zlar: Usmon Azim, idiostil, idiostil evolyutsiyasi, mualliflik korpusi, statistik tahlil, lingvopoetik talqin, diaxron segmentatsiya, lingvistik ko‘rsatkichlar, davrlararo qiyosiy tahlil, leksik tarkib, semantik maydon, sintaktik modellar, lingvopoetik vositalar, evolyutsion model.
Hali tarjima qilinmagan