Blokcheyn va kriptografiya asosida tibbiy maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu tezisda blokcheyn texnologiyasidan tibbiy ma’lumotlarni xavfsiz saqlash va almashishda foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tibbiy ma’lumotlarning raqamlashtirilishi natijasida ularni turli tibbiyot muassasalari o‘rtasida tezkor almashish zarurati ortib bormoqda. Bunda ma’lumotlarning maxfiyligi, yaxlitligi, mavjudligi va turli axborot tizimlari o‘rtasidagi o‘zaro moslashuvchanligini ta’minlash muhim masalalardan hisoblanadi. Tadqiqotda blokcheynning taqsimlangan reyestr, o‘zgarmas yozuvlar, kriptografik himoya va smart-kontrakt kabi xususiyatlarining tibbiy ma’lumotlarni almashishdagi imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, tibbiy ma’lumotlarni himoyalashda shifrlash, kirishni boshqarish, permissioned va consortium blokcheynlar hamda off-chain saqlash yondashuvlari tahlil qilinadi. Natijada blokcheyn texnologiyasi tibbiy ma’lumotlarni ishonchli va nazorat qilinadigan tarzda almashish uchun istiqbolli texnologik yechimlardan biri ekanligi ko‘rsatiladi.
Hali tarjima qilinmagan