Sunʼiy intellekt integratsiyasi sharoitida pedagogik madaniyatning zamonaviy talqini
Annotatsiya
Maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’lim jarayoniga integratsiyalashuvi sharoitida pedagogik madaniyatning zamonaviy talqini tahlil qilingan. Adaptiv AI muhitida pedagogik qaror qabul qilish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari, algoritmik tavsiyalarni tanqidiy baholash madaniyati, raqamli baholashning rivojlantiruvchi imkoniyatlari hamda ta’lim jarayonida insonparvarlik tamoyillarini saqlab qolish masalalari yoritilgan. UNESCOning ICT Competency Framework for Teachers va AI Competency Framework for Teachers hujjatlari asosida pedagogik madaniyatning raqamli sharoitdagi tarkibiy komponentlari tahlil qilinib, bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda raqamli savodxonlik, tanqidiy fikrlash, axloqiy mas’uliyat va inklyuziv yondashuvning ahamiyati asoslangan.
Hali tarjima qilinmagan