Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Oʻzbekistonda suv taʼminoti infratuzilmasi aktivlarini hayot sikli xarajatlari tahlili (LCCA) asosida boshqarish metodologiyasini takomillashtirish

Farrux SuleymanovTDIU, v.b dotsent Savdo ishi kafedrasi
2026
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada O'zbekiston suv ta'minoti tizimlaridagi infratuzilma aktivlarini boshqarishning hozirgi holati tahlil qilingan va ularni hayot sikli xarajatlari tahlili (Life Cycle Cost Analysis — LCCA) asosida boshqarishni takomillashtirish bo'yicha metodologik yondashuv taqdim etilgan. Tadqiqotda O'zbekiston shaharlarida suv ta'minoti tarmoqlarining texnik holati, eskirish darajasi va ta'mirlash rejalari mavjud holatda qanday tashkil etilayotgani o'rganilgan. Olingan natijalar shuni ko'rsatadiki, an'anaviy reaktiv texnik xizmat ko'rsatish yondashuvi uzoq muddatda proaktiv yondashuvga nisbatan 2,4–3,1 baravar qimmatga tushmoqda. Muallif tomonidan taklif etilgan LCCA-asosli metodologik model viloyat hokimiyatlari va suv ta'minoti tashkilotlari uchun amaliy qo'llanma sifatida ishlab chiqilgan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar