MTT DIREKTORLARINING HUQUQIY ONGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ZARURIYATI
Annotatsiya
Mazkur tezisda maktabgacha ta'lim tashkiloti (MTT) direktorlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini rivojlantirishning pedagogik zaruriyati ilmiy-nazariy jihatdan asoslab beriladi. Maktabgacha ta'lim sohasida davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari, xususiy sektorning kengayishi, bola huquqlarini himoya qilishning kuchayishi va boshqaruv faoliyatining raqamlashuvi rahbar kadrlardan yuqori huquqiy kompetentlikni talab etmoqda. Maqolada huquqiy onging mohiyati, uning tarkibiy qismlari (bilim, qadriyat-munosabat va xulq-atvor komponentlari), MTT direktori faoliyatida huquqiy bilimlarning o'rni hamda amaliyotda uchraydigan muammolar tahlil qilinadi. Muallif pedagogik nuqtai nazardan huquqiy onging shakllanishini ta'minlovchi andragogik, kompetensiyaviy va refleksiv yondashuvlarga asoslangan model taklif etadi, shuningdek malaka oshirish tizimini takomillashtirish bo'yicha amaliy tavsiyalar beradi.
Hali tarjima qilinmagan