O‘ZBEKISTONDA AYOLLARNING MEHNAT BOZORIDAGI ISHTIROKINING FARZANDLAR TARBIYASIGA TA’SIRI: IJTIMOIY-IQTISODIY VA XALQARO TAHLIL
Annotatsiya
Mazkur tezisda O‘zbekistonda ayollarning mehnat bozoridagi ishtiroki va uning farzandlar tarbiyasi, ijtimoiylashuvi hamda psixologik rivojlanishi bilan bog‘liq jihatlari tahlil qilinadi. Ayollarning iqtisodiy faolligi oilaning moddiy farovonligini oshirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda bolalarda mustaqillik va mas’uliyat ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilishi mumkin. Shu bilan birga, mehnat va oilaviy majburiyatlarning nomutanosib taqsimlanishi, vaqt tanqisligi, ish joyidagi bosim va sifatli bolalar parvarishi xizmatlaridan foydalanish imkoniyatining cheklanganligi tarbiya jarayonida muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Tadqiqotda xalqaro ilmiy adabiyotlar, xalqaro tashkilotlarning hisobotlari va O‘zbekistonning gender hamda bandlikka oid statistik ma’lumotlari tahlil qilinadi. Tahlil natijasida ayollarning bandligini farzandlar tarbiyasi bilan uyg‘unlashtirishda oilaviy mas’uliyatni teng taqsimlash, moslashuvchan mehnat sharoitlarini yaratish va maktabgacha ta’lim xizmatlarini rivojlantirishning ahamiyati asoslanadi.
Hali tarjima qilinmagan