Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Yoshlarning psixologik barqarorligiga sunʼiy intellekt vositalari taʼsirini oʻrganishning nazariy – metodologik jihatlari

Avazbek IsmoilovAndijon davlat universiteti doktoranti
2026
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada yoshlarning psixologik barqarorligiga sun’iy intellekt vositalari ta’sirini o‘rganishning nazariy-metodologik asoslari tahlil qilinadi. Unda psixologik barqarorlikning mazmuni va tarkibiy komponentlari, shaxs–faoliyat–ijtimoiy muhit o‘zaro ta’siri, raqamli muhitning psixologik xususiyatlari hamda inson–sun’iy intellekt o‘zaro munosabatining ijtimoiy-psixologik mexanizmlari yoritiladi. Shuningdek, psixologik barqarorlikni tadqiq etishda madaniy-tarixiy, faoliyat, subyekt-faoliyat, stress va coping, psixologik bardoshlilik hamda resurs yondashuvlarining metodologik imkoniyatlari asoslanadi. Mazkur nazariy-metodologik yondashuv asosida sun’iy intellekt vositalaridan foydalanishning yoshlarning kognitiv, emotsional, motivatsion va ijtimoiy-psixologik holatlariga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ijobiy va salbiy ta’sirlarini kompleks o‘rganish zarurligi asoslab beriladi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar