NORMAL VASKULYAR REAKTIVLIK VA SARATON SHAROITIDA QON TOMIR TIZIMININING FIZIOLOGIK O‘ZGARISHI
Annotatsiya
Mazkur sharhda “qon tomir reaktivligi” tushunchasi tomirning depolyarizatsiya, retseptor agonistlari, endoteliyga bog‘liq yoki endoteliydan mustaqil vazodilatatorlar hamda selektiv farmakologik modulyatorlarga qisqarish yoki relaksatsiya javobi sifatida qo‘llanadi. Bunda asosiy e’tibor katta o‘tkazuvchi tomirlar, xususan ko‘krak aortasi halqalari asosidagi ex vivo funksional yondashuvga qaratiladi. Ushbu model kasallikning butun organizmdagi murakkab fonidan ajratilgan holda endoteliy va silliq mushakning ichki funksional fenotipini tekshirish imkonini beradi. Klassik o‘sma angiogenezi konsepsiyasi tumor tomirlarining struktura va funksiyasi normal tomirlardan sezilarli farqlanishini ko‘rsatadi. O‘sma tomirlari notekis, yuqori o‘tkazuvchan, peritsit qoplami yetarli bo‘lmagan, bazal membranasi uzilgan va qon oqimi geterogen bo‘lishi mumkin. Natijada gipoksiya, atsidoz va yuqori interstitsial bosim paydo bo‘lib, metastaz va terapiyaga rezistentlik kuchayadi [1–2]. Biroq so‘nggi yillarda o‘sma ta’sirining faqat lokal mikrosirkulyatsiya bilan cheklanmasligi, periferik tomirlar va uzoq organlar tomir funksiyasi ham o‘zgarishi mumkinligi haqidagi dalillar ko‘paymoqda [3–4].
Hali tarjima qilinmagan