Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Tijorat banklarida skoring modellarini qoʻllash orqali kredit tavakkalchiligini kamaytirish yoʻllari

Gʻofir DjamalovToshkent Kimyo xalqaro universiteti mustaqil tadqiqotchisi
2026
ABI

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda tijorat banklarida kredit tavakkalchiligini (credit risk) minimallashtirish, aktivlar sifatini oshirish va nofaol kreditlar (NPL) shakllanishining oldini olishda zamonaviy skoring modellarini qo‘llashning nazariy-uslubiy hamda amaliy yo‘nalishlari tadqiq etilgan. Asimmetrik axborot nazariyasi, kredit qarorlarini qabul qilishdagi xatti-harakatlar tahlili va ehtimolli-statistik modellashtirish konsepsiyalariga tayangan holda, an’anaviy ekspert usullaridan parametrik hamda mashinali o‘rganishga (Machine Learning) asoslangan skoring tizimlariga o‘tishning iqtisodiy samaradorligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot doirasida arizaviy (Application), xulq-atvor (Behavioral) va erta ogohlantiruvchi skoring modellarining defolt ehtimolini (Probability of Default — PD) aniqlashdagi aniqlik darajasi, IFRS 9 xalqaro standarti va Bazel talablari bilan integratsiyalashuvi hamda muqobil katta ma’lumotlar (Big Data) bazasidan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Olingan natijalar asosida kredit anderraytingini avtomatlashtirish, model risklarini boshqarish (Model Risk Management) va tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan PhD darajasidagi ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar