Jizzax viloyatida havo haroratining hududiy va mavsumiy oʻzgarishlarini GIS asosida baholash
Dilmurod Ne'matullayevO‘zbekiston, Jizzax shahri, Jizzax davlat pedagogika universitetiIslom QurbonovO‘zbekiston, Jizzax shahri, Jizzax davlat pedagogika universitetiNafisa SamatovaO‘zbekiston, Jizzax shahri, Jizzax davlat pedagogika universiteti
2026
Ochiq kirishGibrid
Litsenziya: cc-by
ABI
Annotatsiya
Maqolada Jizzax viloyatida havo haroratining hududiy va mavsumiy o‘zgarishlari meteostansiya kuzatuvlari, grid iqlim ma’lumotlari va GIS usullari asosida baholangan. O‘rtacha yillik harorat viloyat hududida 6°C dan 17°C gacha o‘zgarishi, uning janubdagi Turkiston tizmasidan shimoldagi Mirzacho‘l va Aydar-Arnasoy tekisliklari tomon relyefning pasayishiga mos ravishda ortib borishi aniqlangan. Harorat rejimining turistik-rekreatsion salohiyatga ta’siri tahlil qilinib, harorat zonalari bo‘yicha ustuvor turizm yo‘nalishlari va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Hali tarjima qilinmagan
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos2 ta foydalanilgan manba