Tibbiy taʼlimda sunʼiy intellekdan foydalanishning imkoniyatlari va masʼuliyatli yondashuv zarurati
Annotatsiya
Ushbu tezisda tibbiy ta’limda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalaridan foydalanishning zamonaviy imkoniyatlari hamda ularni mas’uliyatli qo‘llash zarurati yoritilgan. Sun’iy intellektning ta’lim jarayonini individuallashtirish, talabalarning bilim darajasini baholash, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish va ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, bemor ma’lumotlarining maxfiyligi, algoritmik xatoliklar, ma’lumotlardagi biryoqlamalik va inson nazoratining zarurligi kabi muhim masalalarga e’tibor qaratiladi. Tibbiy ta’limda sun’iy intellektdan samarali foydalanish uchun raqamli savodxonlik, etik me’yorlar va inson nazoratiga asoslangan yondashuv muhimligi ta’kidlanadi.
Hali tarjima qilinmagan