Virtual va kengaytirilgan reallik texnologiyalarining taʼlimdagi imkoniyatlari
Annotatsiya
Mazkur ilmiy tezisda virtual reallik (Virtual Reality – VR) va kengaytirilgan reallik (Augmented Reality – AR) texnologiyalarining zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni, imkoniyatlari hamda samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida VR va AR texnologiyalarining o‘quvchilarning bilim olish jarayoniga ta’siri, interaktiv ta’lim muhitini yaratishdagi roli, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishdagi ahamiyati hamda ta’lim sifati va motivatsiyani oshirishdagi imkoniyatlari ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, ushbu texnologiyalarni joriy etish jarayonida uchraydigan texnik, iqtisodiy va pedagogik muammolar ham tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari VR va AR texnologiyalarining ta’lim samaradorligini oshirishda muhim innovatsion vosita ekanligini ko‘rsatadi.
Hali tarjima qilinmagan