Aqlli uy tizimlarida IOT qurilmalarining oʻzaro integratsiyasi va simsiz aloqa texnologiyalari
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu tezisda aqlli uy tizimlarida Buyumlar interneti (IoT) qurilmalarining o‘zaro moslashuvchanligini ta’minlash masalasi ko‘rib chiqilgan. IoT asosida aqlli uy qurilmalarini yagona tarmoq muhitiga integratsiyalashda qo‘llaniladigan Wi-Fi, ZigBee, Z-Wave, Bluetooth Low Energy (BLE) va Thread simsiz aloqa texnologiyalarining asosiy xususiyatlari tahlil qilingan. Mazkur texnologiyalar tarmoq arxitekturasi, energiya sarfi va qo‘llanish sohasi bo‘yicha qiyoslangan. Tahlil natijasida Wi-Fi yuqori tezlikdagi ma’lumot almashinuvi, ZigBee va Z-Wave kam quvvatli avtomatlashtirish tizimlari, Bluetooth LE energiya cheklangan qurilmalar, Thread esa IPv6 asosidagi zamonaviy mesh tarmoqlar uchun qo‘llanishi mumkinligi ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, aqlli uy tizimlarida turli aloqa texnologiyalaridan foydalanish qurilmalararo integratsiya va interoperabellikni ta’minlash masalasini dolzarb qilishi asoslangan.
Hali tarjima qilinmagan