Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Ichki va ziyorat turizmi xizmatlarini rivojlantirishda differensial soliq stavkalarini qoʻllash amaliyoti

Shavkat AbdurazakovToshkent Kimyo xalqaro universiteti mustaqil tadqiqotchisi
2026
ABI

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda ichki va ziyorat turizmi xizmatlarini jadal rivojlantirish hamda sohaning iqtisodiy samaradorligini oshirishda differensial soliq stavkalarini qo‘llashning nazariy-uslubiy va amaliy mexanizmlari tadqiq etilgan. Ichki turizm talabining narxga nisbatan elastikligi, ziyorat turizmidagi mavsumiy tebranishlar hamda hududiy infratuzilma nomutanosibliklari sharoitida unifikatsiyalashgan (bir xil) soliqqa tortish tizimining cheklovlari ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot doirasida qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS), foyda solig‘i, mol-mulk va yer solig‘i stavkalarini hududiy, mavsumiy va faoliyat turlari bo‘yicha tabaqalashtirishning tarmoq investitsion jozibadorligi hamda soliq bazasiga ta’siri tahlil qilingan. Olingan natijalar asosida yashirin iqtisodiy faoliyatni legallashtirish, xususiy xizmat ko‘rsatuvchilarning operatsion xarajatlarini optimallashtirish va madaniy meros ob’yektlari atrofida yuqori qo‘shilgan qiymatli turizm klasterlarini shakllantirishga qaratilgan differensial fiskal rag‘batlantirish modeli taklif etilgan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar