Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Ingliz–oʻzbek tarjima aspektida onomatopik birliklarning tarjima muammolari va ularning ekvivalentlik masalalari

Kayumova OzodaO`zbekiston davlat jahon tillari universteti mustaqil izlanuvchisi
2026
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

Ushbu tezisda ingliz–o‘zbek tarjima aspektida onomatopik birliklarning tarjima muammolari va ularning ekvivalentlikni ta’minlashdagi xususiyatlari o‘rganiladi. Onomatopik birliklar tovushga taqlid asosida shakllangan bo‘lib, tarjima jarayonida ularning fonetik, semantik va pragmatik xususiyatlarini to‘liq saqlab qolish qiyin kechadi. Tadqiqotda ekvivalentlik, funksional almashtirish va kompensatsiya strategiyalari tahlil qilinadi. Natijalar onomatopik birliklar tarjimasida kontekst va madaniy omillar hal qiluvchi rol o‘ynashini ko‘rsatadi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar