Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Yirik sport musobaqalari: mezbon shaharlar iqtisodiyotiga taʼsiri va xarajatlar tahlili

U. Dovulov D.O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Chirchiq
2026
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada yirik sport musobaqalari (Olimpiada o'yinlari, FIFA Jahon chempionati) va ularning mezbon shaharlar iqtisodiyotiga uzoq muddatli ta'sirining ijobiy va salbiy jihatlari kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda Sochi-2014, Rio-2016, Tokio-2020, Pekin-2022 va Braziliya-2014 musobaqalarining iqtisodiy natijalari, byudjetni oshirish darajalari, turizm sohasiga ta'siri, infratuzilma ob'ektlaridan keyingi foydalanish va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari o'rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, yirik sport musobaqalari ko'pincha rejalashtirilgan byudjetni 100-200% oshiradi, uzoq muddatli iqtisodiy foydasi ko'pincha reklama qilinganidan past bo'lib, infratuzilma ob'ektlarining bir qismi bo'sh qoladi. Biroq, to'g'ri rejalashtirilgan hollarda (Barselona-1992, London-2012) transport tizimini modernizatsiya qilish va shaharni yangilash orqali iqtisodiy o'sishga erishish mumkin ekanligi aniqlangan.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar