Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Sunʼiy intellekt asosida ingliz va nemis tillarini oʻqitishda til oʻzlashtirish samaradorligining qiyosiy tahlili

Nurbek AhmadjonovRuxsora AlijonovaFarg‘ona davlat universiteti, Filologiya va tillarnio‘qitish: ingliz tili yo‘nalishi 3-bosqich talabasi
2026
Ochiq kirishGibrid

Litsenziya: cc-by

ABI

Annotatsiya

So‘nggi yillarda ta’lim jarayonida sun’iy intellekt (Artificial Intelligence – AI) texnologiyalarining jadal rivojlanishi chet tillarini o‘qitish metodikasida tub burilish yasadi. Ayniqsa ingliz va nemis tillarini o‘qitishda AI asosidagi platformalar, intellektual o‘qitish tizimlari, chatbotlar va generativ modellar (masalan, ChatGPT kabi tizimlar) o‘quv jarayonini individuallashtirish va samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynamoqda.Ushbu tadqiqotda sun’iy intellekt asosida ingliz va nemis tillarini o‘qitish jarayonida til o‘zlashtirish samaradorligi qiyosiy tahlil qilindi. Tadqiqot AI vositalarining til o‘rganishning asosiy komponentlari — lug‘at boyligi (vocabulary acquisition), grammatik kompetensiya, talaffuz (pronunciation) va kommunikativ ko‘nikmalar (speaking & writing skills) ga ta’sirini o‘rganishga qaratildi.Ilmiy manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, AI asosidagi o‘qitish tizimlari o‘quvchilarning til o‘zlashtirish tezligini sezilarli darajada oshiradi hamda real vaqt rejimida feedback berish orqali xatolarni kamaytiradi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar