RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA OLIY TA’LIM MUASSASALARINI RIVOJLANTIRISHNI STRATEGIK BOSHQARISH MASALALARI
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Raqamli iqtisodiyot va global texnologik transformatsiyalar sharoitida oliy ta’lim tizimini boshqarish modellarini yangilash obbyektiv zaruriyatga aylandi. Bugungi kun universitetlari nafaqat malakali kadrlar tayyorlash maskani, balki intellektual mulk yaratadigan, innovatsiyalarni tijoratlashtiradigan va hududiy iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiruvchi strategik markazlar hisoblanadi. Ilmiy manbalarga ko'ra, aholi soniga nisbatan oliy o‘quv yurtlari ulushining ikki baravarga ko‘payishi uzoq muddatli istiqbolda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulotning (YIM) qariyb 4 foizga ortishi bilan tavsiflanadi [1]. Bu esa oliy ta’lim tizimining milliy taraqqiyotdagi lokomotivlik rolini yaqqol ko‘rsatadi.
Hali tarjima qilinmagan