O’zbeksitonda kredit siyosati va tadbirkorlikni qollab quvvatlash.
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur maqolada O'zbekistonda olib borilayotgan kredit siyosatining asosiy yo'nalishlari hamda uning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdagi o'rni tahlil qilinadi. Xususan, mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash mexanizmlari, bank kreditlari ajratish tizimi, imtiyozli kreditlash dasturlari hamda davlat tomonidan yaratilayotgan qulay iqtisodiy muhit masalalari keng yoritiladi. Shuningdek, maqolada O'zbekiston Respublikasida kredit siyosatini takomillashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, tijorat banklari faoliyatining samaradorligini oshirish, foiz stavkalarini optimallashtirish va kredit resurslaridan oqilona foydalanish masalalari ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashda davlat dasturlari, jumladan, subsidiyalar, kafillik mexanizmlari va imtiyozlar tizimi alohida e'tibor markazida bo'ladi. Bundan tashqari, maqolada kredit siyosatining real sektor rivojiga ta'siri, yangi ish o'rinlari yaratish, aholi bandligini ta'minlash hamda iqtisodiy o'sishga qo'shayotgan hissasi tahlil qilinadi. Xorijiy tajriba bilan qiyosiy tahlil asosida O'zbekistonda kreditlash tizimini yanada rivojlantirish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Mazkur tadqiqot natijalari kredit siyosatini takomillashtirish, tadbirkorlikni rag'batlantirish va iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
Hali tarjima qilinmagan