Oʻzbekistonda barqaror iqtisodiy rivojlanishni taʼminlashda past uglerodli energetikaning roli
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur tezisda past uglerodli energetikaning O‘zbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish, elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va energiya saqlash texnologiyalarini joriy etishning ishlab chiqarish samaradorligi, investitsion faollik, energiya xavfsizligi hamda milliy korxonalarning xalqaro bozordagi raqobatbardoshligiga ta’siri yoritilgan. Tahlil natijasida past uglerodli energetikaning iqtisodiy samarasi faqat yangi generatsiya quvvatlarini ishga tushirish bilan emas, balki tarmoq yo‘qotishlarini kamaytirish, tabiiy gazni tejash, xususiy kapitalni jalb etish va mahalliy sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish bilan ham belgilanishi asoslangan. Shuningdek, energetika loyihalarini baholashda o‘rnatilgan quvvat bilan bir qatorda yaratilgan qo‘shilgan qiymat, tejalgan resurslar va eksport raqobatbardoshligini ifodalovchi ko‘rsatkichlardan foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Hali tarjima qilinmagan