Toshkent viloyatidagi buzilgan yerlarni landshaft-geoekologik baholash va ularni rekultivatsiya qilishning ustuvor yoʻnalishlari
Shavkat SharipovNafisa SamatovaJizzax davlat pedagogika universiteti, doktorant
2026
ABI
Annotatsiya
Maqolada Toshkent viloyatidagi buzilgan yerlarning mazmuni, hududiy tarqalishi va rekultivatsiya ustuvorliklari landshaft-geoekologik yondashuv asosida baholandi. Google Earth Pro tasvirlari, SRTM DEM va landshaft qatlamlari ArcGIS Pro muhitida tahlil qilindi. Kon va karyerlar 266,3 km² (1,79%), irrigatsion hamda jar eroziyasi ta’siridagi yerlar 529,9 km² (3,53%) maydonni egallashi, turli darajada buzilgan yerlarning umumiy ulushi 5,46% atrofida ekani aniqlandi. Qurama, Olmaliqsoy-2 va Sovuqbuloqsoy qismlarida buzilish eng yuqori. Kon-karyerlar, sug‘oriladigan yerlar va daryo vodiylari uchun tabaqalashtirilgan rekultivatsiya choralari taklif qilindi.
Hali tarjima qilinmagan
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos8 ta foydalanilgan manba