Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

Robototexnika va STEM taʼlimini texnologik taʼlim darslariga joriy etish muammolari

Yulduz XoliyorovaQarshi Davlat Universiteti Talabasi
2026
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada texnologik ta'lim darslariga robototexnika hamda STEM (Science, Technology, Engineering, Mathematics) yondashuvini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari, amaliy ahamiyati va mavjud muammolari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida ilmiy adabiyotlarni qiyosiy tahlil qilish, pedagogik kuzatish, suhbat, loyiha metodi hamda ta'lim jarayonini monitoring qilish usullaridan foydalanildi. Robototexnika asosidagi mashg'ulotlar o'quvchilarning algoritmik tafakkuri, muammoli vaziyatlarni hal etish, ijodiy fikrlash va muhandislik kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilishi aniqlandi. Shu bilan birga, umumiy o'rta ta'lim maktablarida robototexnikani joriy etishda moddiy-texnik baza, o'qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi, o'quv-uslubiy ta'minot hamda zamonaviy laboratoriyalar yetishmasligi asosiy to'siq bo'lib qolayotgani kuzatildi.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar