Oʻzbekistonda yashil moliyani rivojlantirish istiqbollari
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekistonda yashil moliyani rivojlantirishning hozirgi holati, bor imkoniyatlari va kelajakdagi istiqbollari tahlil qilinadi. Tadqiqotda iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlash, iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini kamaytirish va ekologik loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda yashil moliyaning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, energiya samaradorligini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish va past uglerodli iqtisodiyotga o‘tish jarayonlarini moliyalashtirish masalalariga e’tibor qaratilgan. O‘zbekistonda yashil obligatsiyalar, imtiyozli kreditlar, xalqaro moliyaviy institutlar mablag‘lari va xususiy investitsiyalar kabi moliyaviy instrumentlardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida yashil moliya bozorini rivojlantirish uchun huquqiy va institutsional mexanizmlarni takomillashtirish, moliyaviy resurslarni yashil loyihalarga yo‘naltirish hamda investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish muhim ekanligi asoslab berilgan. Maqolada O‘zbekistonda yashil moliyani rivojlantirish mamlakatning ekologik barqarorligi bilan bir qatorda, yangi investitsiya imkoniyatlarini shakllantirish va uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning muhim omili deb baholanadi.
Hali tarjima qilinmagan