Ingliz tilini oʻqitishda 5-sinf oʻquvchilarida oʻqish koʻnikmasini rivojlantirish mazmuni
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur tezisda ingliz tilini o‘qitish jarayonida 5-sinf o‘quvchilarida o‘qish ko‘nikmasini rivojlantirish mazmunining nazariy-metodik asoslari tahlil qilinadi. O‘qish ko‘nikmasining mazmuni o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlari, til materiali, matnlarning xarakteri hamda ta’limning kommunikativ maqsadlari bilan uzviy bog‘liq holda yoritiladi. Shuningdek, 5-sinf bosqichida o‘qish ko‘nikmasini shakllantirishning asosiy tarkibiy qismlari, ya’ni matnni idrok etish, mazmunni tushunish, axborotni ajratib olish, uni qayta ishlash va unga nisbatan munosabat bildirish masalalari ochib beriladi. Tadqiqot natijalari o‘qish ko‘nikmasini rivojlantirish mazmunini to‘g‘ri belgilash ta’lim samaradorligini oshirishning muhim omili ekanini ko‘rsatadi.
Hali tarjima qilinmagan