Scamper texnologiyasi yordamida boʻlajak tarbiyachilarning pedagogik gʻoyalar yaratish koʻnikmalarini rivojlantirish
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Maqolada SCAMPER texnologiyasining bo‘lajak tarbiyachilarda pedagogik g‘oyalar yaratish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot nazariy-tahliliy xarakterga ega bo‘lib, ilmiy manbalarni tahlil qilish, qiyoslash, tizimlashtirish va pedagogik modellashtirish metodlariga asoslandi. Substitute, Combine, Adapt, Modify, Put to another use, Eliminate hamda Reverse operatsiyalari maktabgacha ta’limga oid muammoli vaziyatlar bilan bog‘landi. Muallif tomonidan “muammo–obyekt–yetakchi savol–g‘oyalar banki–mezonli tanlov–prototip–mikro-sinov–refleksiya” algoritmi ishlab chiqildi. SCAMPER faqat g‘oya sonini oshiruvchi vosita emas, balki g‘oyani yoshga moslik, xavfsizlik, inklyuzivlik, variativlik va amaliy qulaylik mezonlari asosida metodik mahsulotga aylantiruvchi texnologiya sifatida asoslandi.
Hali tarjima qilinmagan