Ergonimik birliklarning inglizcha-oʻzbekcha va oʻzbekcha-inglizcha lugʻatlarda aks etishi
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Ushbu maqolada inglizcha–o‘zbekcha va o‘zbekcha–inglizcha ikki tilli lug‘atlarda ergonimik birliklarning aks etishi va talqini o‘rganiladi. Ergonomlar (ergonimlar) tashkilotlar, muassasalar va tijorat obyektlarining atoqli nomlari bo‘lib, onomastik tizimning muhim qatlamini tashkil etadi hamda jamiyatning ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy xususiyatlarini aks ettiradi. Tadqiqotda lug‘atlarda berilgan ergonimlarning tarjima usullari tahlil qilinadi, jumladan transliteratsiya, kalkalash, izohli tarjima va funksional moslashtirish usullari aniqlanadi. Shuningdek, ergonimlarning semantik xususiyatlari, pragmatik ma’nolari va madaniy o‘ziga xosligi ko‘rib chiqilib, ularning tarjimada yuzaga keladigan muammolari yoritiladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, mavjud ikki tilli lug‘atlarda ergonimlar har doim ham to‘liq va aniq aks ettirilmaydi, bu esa ularning dinamikligi va madaniy bog‘liqligi bilan izohlanadi. Tadqiqotda lug‘atchilikda yangi yondashuvlarni ishlab chiqish zarurligi asoslab beriladi. Mazkur ish tarjimashunoslik, leksikografiya va onomastika sohalari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Hali tarjima qilinmagan