Asosiy kontentga oʻtish
proceeding

QISHLOQ XO‘JALIGI LEKSIKASIDA SINONIMIYA VA ANTONIMIYA (O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARI MISOLIDA)

Nazokat BekchanovaAbu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi
2026
ABI

Annotatsiya

Tezisda o‘zbek va ingliz tillari qishloq xo‘jaligi leksikasidagi sinonimik va antonimik munosabatlar qiyosiy tahlil qilinadi. 1300 juftlikli ikki tilli korpus asosida sinonimiyaning manbalari, antonimlarning turlari va ularning tarjimadagi ahamiyati aniqlanadi. O‘zbek tilida sinonimiya asosan milliy yoki xalqaro birlik bilan rus tili orqali o‘zlashgan birlikning raqobatidan, ingliz tilida esa german va lotin-yunon qatlamlarining uslubiy farqlanishi hamda britan va amerika variantlaridan yuzaga kelishi ko‘rsatiladi. Antonimiyada ikki til asosan mos keladi, biroq darajali shkala qutblarining baholanishi, affiksal antonimlarning qo‘llanish doirasi va vektorli antonimlarning grammatik ifodasida farqlar mavjud.

Hali tarjima qilinmagan

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar