Yozish koʻnikmasini oʻqitishda plagiat xavfi
Litsenziya: cc-by
Annotatsiya
Mazkur tezisda xorijiy til ta’limida yozish ko‘nikmasini shakllantirish va rivojlantirish jarayonida yuzaga keladigan plagiat xavfi, uning asosiy sabablari hamda oldini olishning metodik yo‘llari tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar va generativ sun’iy intellekt vositalarining ta’lim jarayoniga jadal kirib kelishi talabalarga matn yaratish, tahrirlash, parafraz qilish va til xatolarini aniqlashda yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Shu bilan birga, tayyor internet materiallarini manbasiz o‘zlashtirish, boshqa muallif fikrlarini o‘zlashtirish yoki sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan matnni talabaning mustaqil ishi sifatida taqdim etish akademik halollik bilan bog‘liq muammolarni kuchaytirmoqda. Tadqiqotda plagiatni faqat nazorat va aniqlash vositalari orqali emas, balki talabalarda akademik yozuv, manba bilan ishlash, parafraz qilish, tanqidiy fikrlash, mustaqillik va refleksiya ko‘nikmalarini shakllantirish orqali oldini olish zarurligi asoslanadi.
Hali tarjima qilinmagan